Valuta; Milliy valutasi Grivna (grn). Xorijiy valutani Siz banklarda, kiosklarda, xalqarolik aeroportlarda ayirboshlashingiz mumkin. Aeroportda valuta kursi boshqa joylardagidek bir bo’ladi. Xarid va xizmatlar uchun to’lovlar grivnada amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, ba’zi kompaniyalar to’lovlarni AQSH dollarida qabul qiladilar. Siz xalqaro to’lov tizimlarining kredit kartalarini ishlatishingiz mumkin. Ular ko’plagan dukonlar, mehmonxonalar, transport kompaniyalarida, klublar, va restoranlarda islatilishi mumkin. Shaharlarda bankomat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Banklar mamlakatning barcha mintaqalarida joylashgan. Bu pullarni nafaqat bank, shunungdek Western Union, MoneyGram va boshqalar kabi boshqa tizimlar orqali o’tkazishni engillashtiradi.
Transport; Kiev shahridan 36 chaqrimda joylashgan "Borispol" xalqaro aeroporti mamlakatning havo darvozalari. "Borispol" aeroportidan tashqari siz, Simferopol, Odessa, Dnepropetrovsk, Donetskda joylashgan ukrainali xalqaro aeroportlarga qunishingiz mumkin. Ukraina Bolgariya, Slovakiya, Olmoniya va Polsha bilan xalqarolik temiryo’l aloqalariga ega. Avtobuslarning xalqarolik yo’nalishi Polsha, Buyuk Britaniya, Niderland, Belgiya, Frantsiya va Olmoniyadan. Dengiz orqali Turtsiyadan suzib kelish mumkin. Ukraina yaxshi rivojlangan transport tizimiga ega. Demak mamlakatning har qanday chekkasiga etib olish uchun muammolar bo’lmaydi. Malakat bo’ylab poezd yoki avtobusda safar qilishingiz mumkin. 500 km masofaga yo’l-kira haki $ 12-15. Poezdga chiptani oldindan yoki temir yo’l bekatida yoki shaharda xarid qilish mumkin. Jo’nash kuni chiptani faqat bekatdan xarid qilsa bo’ladi. Mamlakat ichkarisida havo tashuvlariga chiptani mahalliy kompaniyalardan xarid qilsangiz bo’ladi. Taxminan 500 km masofaga uchib o’tish narxi 50 AQSh dollarini tashkil etadi. Davlat transportida yo’l kira chiptalari (poezd, metro, trolleybus va tramvay) Universitet tarafidan beriladi va oyyga jami 8 dan 10 dollargacha turadi. Ukraina OO’Yu talabalari uchun Ukraina bo'yicha 50% va xalqaro aviachiptalar uchun 30% chiptaning to'liq qiymatidan chegirmalar mavjud.
Aloqalar; "Ukrtelecom" Kompaniyasi Ukraina va butun olamda a’lo telefon aloqasini ta’minlaydi. Ko’p oo’yurtlari o’z talabalariga Internetni ta’qdim qiladi. Shunungdek ko’plagan internet-kafelar mavjud. Siz DHL, Federal Express, UPS, TNT va boshqada kompaniyalar xizmatlari bilan tezkor pochtadan foydalanishingiz mumkin.
Tibbiy xizmat; Ko'pchilik davlat oo’yurtlari, talabalarga kasalxonalarda bepul tibbiy xizmat ko’rsatadilar. Talabalar shunungdek, tibbiy xizmat pulli ko’rsatiladigan davlat va xususiy kasalxonalarga murojat qilishi mumkin.
Bayramlar; Provaslav Rojdestvosi: 7 yanvar Xalqarolik ayollar kuni: 8 mart Provaslav Pasxa: Mehnat kuni: 1 may G’alaba kuni 9 may Troitsa: Konstitutsiya kuni: 28 iyun Mustaqillik kuni 24 avgust
Vitrati: Talabaga bemalol yoshashi uchun, yiliga oziq-ovqat va mayday xarajatlarga 2000 AQSh dollari zarur. Talaba hayotining xilma xilligi tufayli aniq raqamni keltirish mushkul. Biz taxminiy qiymatini quyida keltiramiz: Matbuot mahsulotlari_ talabalar uchun zarurlari juda arzon turadi. Masalan, A-4 formatidagi qag’ozning 1000 varaqi 5 dollar turadi. Ruchkalar, qalamlar va boshqalar ham juda arzon. Kitoblar_ kitoblar bepul va universitet kutubxonasi tarafidan taqdim etiladi. Kiyim_ yaxshi djinsilar 20-50 dollar, ko'ylaklar 5-15 USD, futbolka 5-12 USD. |
|